2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ichki qarama-qarshiliklar jamoada og‘ir ruhiy muhit, xafalik va adolatsizlik hissini kuchaytirmoqda...»
  • 17.06.2026
  • 3

Murojaat egasi: «Navoiy MET» filiali xotin-qizlari

Elektron pochta: aslonovadilnoza808@gmail.com

 

Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi boshqaruv raisi A.A.Nazirovga «Navoiy MET» filiali ayol xodimlari nomidan


MUROJAAT


Biz, «Navoiy MET» filialida mehnat qilayotgan ayol xodimlar, Xodimlar bo‘limi yetakchi muhandisi Tosheva Ruxsora atrofida yuzaga kelayotgan holatlar yuzasidan chuqur tashvish va qattiq noroziligimizni yana bir bor bildirib murojaat qilmoqdamiz.


Tosheva Ruxsora jamoada uzoq yillar davomida halol mehnat qilib kelayotgan, xodimlarning muammolarini tinglaydigan, ularga insonparvarlik va adolat bilan yondashadigan, ko‘plab ishchilarning huquqlari tiklanishiga sabab bo‘lgan fidoyi xodim sifatida tanilgan. U jamoa ichida ishonch va hurmat qozongan insonlardan biridir.


Biroq, afsus bilan qayd etamizki, bugungi kunda unga nisbatan yuzaga kelayotgan ayrim munosabatlar va ichki qarama-qarshiliklar jamoada og‘ir ruhiy muhit, xafalik va adolatsizlik hissini kuchaytirmoqda.


Biz shu binoda birga ishlab kelayotganimiz sababli, XB muhandisi R.Toshevaning hamda xo‘jalik bo‘limi mudiri B. Hamidovning jamoa ichidagi xatti-harakatlariga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Ayniqsa, B. Hamidov tomonidan Tosheva Ruxsoraning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilish, unga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatish, jamoa oldida o‘zini tuta olmaslik kabi holatlar, shuningdek “portalga yozaman” degan tahdidli ifodalar orqali bosim o‘tkazishga urinishlar jamoada qattiq norozilik uyg‘otmoqda.


Bu kabi holatlar ishxona muhitini izdan chiqarmoqda, xodimlar orasida qo‘rquv va ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytirmoqda. Hatto ayrim xodimlar orasida “adolat emas, balki murojaat qilish orqali bosim o‘tkazish ustun bo‘lib ketyapti”, degan xavotirli fikrlar paydo bo‘layotgani juda achinarlidir.


Shu munosabat bilan biz tekshiruvchilardan faqat “paxta qo‘yuvchi” yoki bir tomonni ko‘tarib, boshqasini inkor etuvchi yozuvlar emas, balki vijdon va insof bilan hisoblashib, haqiqatni xolis baholashlarini so‘raymiz.


Shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasidan ushbu holat yuzasidan chuqur, xolis va adolatli o‘rganish olib borib, ayol xodimlarning haq-huquqlari himoya qilinishini taʼminlashlarini iltimos qilamiz.


Biz shuni qatʼiy taʼkidlaymiz: xodimning necha yillik halol mehnati, uning obro‘si va inson sifatidagi qadri qaysidir o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yuvchi qo‘shtirnoq ostidagi ayrim shaxslar bosimi ostida yo‘qolib ketmasligi kerak. Bunday holatlar jamoada adolatsizlikni chuqurlashtiradi va oxir-oqibat butun ishxona muhitini parokandalikka olib keladi.


Biz adolat, insof va haqiqat ustuvor bo‘lishiga ishonamiz.
Hurmat bilan,

“Navoiy MET” filiali ayol xodimlari nomidan: D. Jahongirova; D.Aslonova; D.Achilova; J.Alimova hamda Sadoqat Rayimova


Murojaatga javob: Hurmatli «Navoiy MET» filiali xodimalari D. Jahongirova; D.Aslonova; D.Achilova; J.Alimova hamda Sadoqat Rayimova, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi. Ijro muddati tegishli tartibda buyruq bilan uzaytirilgan, xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati