2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 25.06.2026
  • 53

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

TALABLAR: Oliy ma’lumot (energetik, iqtisodchi, huquqshunos ma’lumoti ustunlik beradi); energetika sohasida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi; davlat tili va rus tili (ingliz tilini bilishi ustunlik beradi) mukammal bilishi zarur.

Qo‘shimcha talablar: Yig‘ma axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tizimlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, tartiblash, umumlashtirish va asoslangan xulosalar chiqara olishi, axborot-tahlil materiallari, hisobotlar va ma’lumotnomalarni tayyorlash tajribasiga ega bo‘lishi, tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv va ma’lumotlar bilan ishlashda aniqlikka e’tiborli bo‘lishi, davlat organlari va tashkilotlar bilan ishlash, xizmat yozishmalari va rasmiy hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasi, zamonaviy axborot texnologiyalari va ofis dasturlaridan (MS Office, Power Point, Canva va boshqalar) samarali foydalana olishi, jamoada ishlash, mas’uliyatlilik va o‘z vaqtida vazifalarni bajarish qobiliyati, axborot xavfsizligi va maxfiylik qoidalariga rioya qila olishi.

❗️ Nomzodlar diqqatiga! Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi. 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida 

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. 

Murojaat uchun: 71-236-6615.

⇒ Onlayn rezyume 

kadr_nes@uzbekistonmet.uz;

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish; 

⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati