2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: Aksiyadorlik jamiyatida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
  • 30.06.2026
  • 25

✔️ ONLINE: Aksiyadorlik jamiyatida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda

♦ Ayni daqiqalarda, 30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatining faollar zalida YOSHLAR FORUMI tadbirlarining dastlabki bosqichi — Zakovat o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Tadbir boshida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tashkilotimizning barcha hududiy filiallari tashrif buyurgan yosh muhandislarni bugungi sana bilan qutladi. Boshqaruv raisining maslahatchisi Orif To‘xtashev yoshlarning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, intellektual o‘yinga start berdi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar forumi tadbirining ikkinchi bosqichi soat 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Unda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutaxassislari, taniqli shoir-yozuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishadi. Tadbir so‘nggida o‘zining kasbiy faoliyatida yutuqlarga erishgan yoshlarga esdalik sovg‘alari ulashilib, bugungi tandbir g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati