
Abdumalik Abdusalimovich Nazirov
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ
Boshqaruv raisi
Hurmatli aksiyadorlar, hamkorlar va hamkasblar!
Eʼtiboringizga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish hisobotini taqdim etamiz. Kompaniya uchun barqaror rivojlanish faqat elektr energiyasini ishonchli uzatishni emas, balki boshqaruv samaradorligini izchil oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, korporativ ochiqlikning zamonaviy standartlarini joriy etish, xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda atrof-muhit va jamiyat oldida masʼuliyatli yondashuvni ham anglatadi.