

♦ Avval xabar berganimizdek, bugun, 30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatining faollar zalida YOSHLAR FORUMI tadbirining navbatdagi bosqichi — «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi formatidagi ochiq muloqot boshlandi.
⚡️ Tadbirda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov hamda ustoz energetik — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘i Isaqulov Dadajon Aynaqulovich yuz nafardan ortiq yosh energetiklarning savollariga javob berib, ularni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilmoqda.
✅ Uchrashuv O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Tadbirni olib boruvchi — Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi Orif To‘xtashev bugungi ochiq muloqot, bu kabi tadbirlarning yosh muhandislar kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqida so‘zlab berib, navbatni savol-javoblarga berdi.
Ayni daqiqalarda qizg‘in savol-javob jarayoni davom etmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati