2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: "Lazzat" podstansiyasida tok transformatori yangisiga almashtirildi
  • 02.07.2026
  • 14

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi uskunalarning ishonchli hamda barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida rejali texnik xizmat ko'rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, filial tasarrufidagi Guliston shahrida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Lazzat" podstansiyasining 10 kV kuchlanishli Broyler fiderida navbatdagi texnik ishlar amalga oshirildi.

Xususan, podstansiyadagi 10 kV kuchlanishli tok transformatori yangisiga almashtirildi. Mazkur texnik tadbir uskunaning ishonchli ishlashini ta'minlash, himoya va o'lchov tizimlarining aniqligini oshirish hamda elektr tarmog'ining barqaror faoliyatini ta'minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot