

O‘zenergoinspeksiya ishchi guruhi tomonidan transformator punktlari va elektr tarmoqlarini ta’mirlash, eskirgan uskunalarni almashtirish hamda texnik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda Samarqand shahridagi 1340 ta transformator punktida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlar ishonchliligini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatda elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari ham davom etmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda iste’molchilarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Manba: https://t.me/Uzenergoinspeksiya
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati