2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish yo'lida yana bir muhim qadam
  • 06.07.2026
  • 3

Bugun soat 04:35 da Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari iste'molchilarining elektr ta'minoti ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim energetika ob'ekti — “Toshkent” issiqlik elektr stansiyasidan “Keles” podstansiyasigacha qurilgan 220 kV kuchlanishli L-2-K-4 elektr uzatish havo tarmog'i muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

♦ Loyihani ishga tushirishdan oldin elektr uzatish havo tarmog'ida nazarda tutilgan barcha montaj, yuqori kuchlanishli sinov, himoya va avtomatika qurilmalarini sozlash hamda kompleks sinov ishlari to'liq hajmda amalga oshirildi. Sinov natijalari belgilangan texnik talablarga to'liq javob berganidan so'ng ob'ektga kuchlanish berilib, ekspluatasiya rejimiga kiritildi.

► Hozirgi vaqtda 220 kV L-2-K-4 elektr uzatish havo tarmog'i yuklama ostida barqaror ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Barcha texnologik ko'rsatkichlar dispetcherlik nazorati ostida belgilangan me'yoriy parametrlar doirasida saqlanmoqda.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyati elektr tarmoqlarining ishonchliligini yanada oshirish;

✔️elektr energiyasini uzatish quvvatlarini kengaytirish;

✔️avariyaviy holatlarda elektr ta'minotini rezervlash imkoniyatlarini yaxshilash;

✔️iste'molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash;

✔️elektr energetikasi tizimining barqaror ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi.

⚠️
Diqqat:

⚡️ 220 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog'i yuqori xavfli elektr energetikasi ob'ekti hisoblanadi.

► Barcha yuridik va jismoniy shaxslardan elektr xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish, elektr uzatish havo tarmog'i simlari va tayanchlariga yaqinlashmaslik, muhofaza hududida vakolatli tashkilotning yozma ruxsatisiz qurilish-montaj, yer qazish ishlarini amalga oshirmaslik, yuk ko'tarish mexanizmlari va boshqa maxsus texnikalardan foydalanmaslik hamda elektr tarmoqlari muhofaza hududiga oid belgilangan talablarga qat'iy amal qilishlarini so'raymiz.


❗️Elektr energetikasi ob'ektlarining xavfsiz, ishonchli va uzluksiz ishlashini ta'minlash yo'lidagi hamkorligingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati