2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG'ONA VILOYATI: Elektr uzatish havo tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 07.07.2026
  • 11

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 500 kV kuchlanishli L-525 elektr uzatish havo tarmog‘ida 2316-talabnomaga asosan rejali mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida tarmoq qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur profilaktik ishlar bajarildi. Jumladan, elektr uzatish havo tarmog‘idagi nosoz izolyatorlar yangilariga almashtirilib, chaqmoqdan himoyalovchi troslarda o‘rnatilgan yoy so‘ndiruvchi moslamalar ta’mirlanib, qayta o‘rnatildi. Shuningdek, anker tayanchlarning aylanma shleflari hamda tayanchlarning yuqori qismlari ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ishlar xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling 

https://t.me/FargonaMET_Axborot