

220 kV kuchlanishli L–So’g‘diyona havo elektr uzatish tarmog‘ida reja asosidagi joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
⚙️ Ish jarayonida 61, 73, 81, 93 va 95-sonli tayanchlarda yaroqsiz holga kelgan izolyatorlar yangisiga almashtirildi. Xususan, eskirgan PSD-70E turdagi izolyatorlar o‘rniga yangi izolyatorlar o‘rnatildi.
► Shuningdek, 304, 305, 306, 307 va 308-sonli tayanchlarda A, B va C fazalariga qushlardan himoya qiluvchi to‘siqlar (PPZ) hamda himoya soyabonlari o‘rnatildi. Ushbu qurilmalar elektr uzatish tarmog‘ini tashqi ta’sirlardan himoya qilish va avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barcha texnik ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI