
Kuz-qish va yoz oylarida energiya resurslari xarajatini kamaytirish maqsadida ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan kompensatsiya to‘lanishi joriy etilgan. Va endi buni uydan chiqmay turib rasmiylashtirish mumkin.
Mazkur xizmatdan: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidagi mezonlarga mos, oiladagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalar foydalanishlari mumkin.
Kompensatsiya bazaviy me’yordan oshgan quyidagi iste’mol hajmi uchun ajratiladi:
⏺Elektr energiyasi: oyiga 150 kVt·soatgacha;
⏺Tabiiy gaz: isitish mavsumida oyiga 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa oyiga 150 kub metrgacha.
♦Arizani:
⇔Onlayn: my.gov.uz orqali.
⇔Oflayn: Davlat xizmatlari markazi, “Inson” markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali topshirish mumkin.
Ariza har oyning 16-sanasiga qadar qabul qilinadi (16-sanadan keyingilari navbatdagi oyga o‘tadi).
► To‘lov tartibi quyidagicha: Kompensatsiya tasdiqlangach, mablag‘ keyingi oyning 27-sanasiga qadar “Xalq banki” orqali fuqaroning ijtimoiy yoki bank kartasiga o‘tkazib beriladi. Natija haqida SMS va shaxsiy kabinetga xabarnoma keladi.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
►Hoziroq ariza yuborish uchun: https://my.gov.uz/uz/service/1363
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20395
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati