

♦ Yoshlar kuni munosabati “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuv davomida yosh xodimlar o‘rtasida xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar musobaqasi tashkil etildi.
► Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan va g‘oliblar filial Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan munosib taqdirlandi. Bunday tadbirlar xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, jamoada hamjihatlikni mustahkamlash hamda “Xavfsizlik – eng ustuvor qadriyat” tamoyilini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali