2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Kecha soat 21:00 da respublikada elektr energiyasi iste’moli o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,2 GVt yuqori bo‘ldi
  • 10.07.2026
  • 2

#fakt

→Kecha soat 21:00 da respublikada elektr energiyasi iste’moli o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,2 GVt yuqori bo‘ldi

 Kecha, 9-iyul kuni soat 21:00 holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha elektr energiyasiga bo‘lgan iste’mol yuklamasi 12 621 MVtni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning xuddi shu soatiga nisbatan 1 231 MVt yoki 10,8 foizga yuqori.

Mazkur vaqtda elektr stansiyalarida jami 11 921 MVt quvvatda elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Jumladan:

♦ issiqlik elektr stansiyalarida — 9 218 MVt;
♦ gidroelektr stansiyalarida — 1 889 MVt;
♦ shamol elektr stansiyalarida — 684 MVt;
♦ blok stansiyalarda — 130 MVt.

►Shuningdek, elektr energiyasiga bo‘lgan yuqori talabni qoplash maqsadida energiya saqlash tizimlaridan qo‘shimcha quvvat tarmoqqa uzatildi.

Ma’lumot uchun: 2025-yil 9-iyul kuni soat 21:00 da respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 11 390 MVtni tashkil etgan.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/20433

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati