
Xarid toʻgʻrisidagi maxsus bildirishnoma
Takliflar taqdim etish uchun soʻrov
Loyihalash, yetkazib berish va montaj qilish
(Ikki konvertli tender jarayoni, dastlabki malakaviy saralovsiz)
Buyurtmachi: «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (O‘zMET)
Loyiha: Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish (ESTART)
Shartnoma nomi: Magistral podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish
“Gulcha” 220 kV PS, “0” 220 kV PS, “Gornaya” 220 kV PS va “Daugiztau” 220 kV PS.
Mamlakat: Oʻzbekiston Respublikasi
Kredit №: IDA-69430, TF0B5804-UZ
№ RFB: RFB/MUTS/2021-7R
Eʼlon qilingan sana: 2026-yil 13-iyul
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish (ESTART)” loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankidan moliyaviy mablagʻ oldi va ushbu mablagʻlarning bir qismini magistral podstansiyalarni (“Gulcha” 220 kV PS, “0” 220 kV PS, “Gornaya” 220 kV PS va “Daugiztau” 220 kV PS) modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnoma toʻlovlariga yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlar Qarz oluvchi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov (Direct Payment) usulida, Jahon bankining “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish doirasida toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi, shartnomaga koʻra akkreditiv orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.
2. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (O‘zMET) barcha muvofiq ishtirokchilarni magistral podstansiyalarni (“Gulcha” 220 kV PS, “0” 220 kV PS, “Gornaya” 220 kV PS va “Daugiztau” 220 kV PS) modernizatsiya va yangilash uchun muhrlangan takliflar taqdim etishga taklif qiladi.
3. Tender ishtirokchilariga qoʻyiladigan malakaviy talablarga nisbatan takliflar taqdim etish uchun soʻrov (RFB) hujjatlarining III boʻlimida belgilangan talablar, jumladan, umumiy tajriba, maxsus tajriba, moliyaviy imkoniyatlarga oid talablar va boshqa malakaviy talablar qoʻllaniladi.
4. Ushbu hujjatda bayon etilgan talablar bilan RFB hujjatlarining III boʻlimida belgilangan talablar oʻrtasida har qanday tafovut yuzaga kelgan taqdirda, RFB hujjatlari III boʻlimining qoidalari ustuvor kuchga ega boʻladi.
Ishtirokchilarga qoʻyiladigan malakaviy talablar:
Umumiy tajriba:
Pudratchi, subpudratchi yoki boshqaruvchi pudratchi sifatida energetika sohasida 2016-yil 1-yanvardan boshlab kamida 10 (oʻn) yillik tajriba.
Maxsus tajriba:
Pudratchi, qoʻshma korxona aʼzosi (Tender ishtirokchisi qoʻshma korxona ishtirokchisi yoki subpudratchi sifatida ishtirok etgan shartnomalar boʻyicha ushbu talabga muvofiqlikni tasdiqlash uchun faqat bevosita Tender ishtirokchisining oʻzi bajargan ishlar ulushining qiymati hisobga olinadi), boshqaruvchi pudratchi yoki subpudratchi sifatida qiymati kamida 22 400 000,00 AQSH dollari (yigirma ikki million toʻrt yuz ming AQSH dollari) boʻlgan kamida ikkita (2) shartnomada yoki qiymati kamida 42 000 000,00 AQSH dollari (qirq ikki million AQSH dollari) boʻlgan bitta (1) shartnomada soʻnggi oʻn (10) yil (2016 – 2025) davomida ishtirok etish; ushbu shartnomalar muvaffaqiyatli va sezilarli darajada yakunlangan (Sezilarli darajada yakunlanish deganda tegishli shartnomada nazarda tutilgan uskunalarni yetkazib berish va montaj ishlari hajmining kamida 80 % bajarilishi tushuniladi) hamda taklif etilayotgan yetkazib berish va oʻrnatish xizmatlariga oʻxshash boʻlishi kerak. Shartnomalarning oʻxshashligi 220 kV va undan yuqori kuchlanishli podstansiyani loyihalash, yetkazib berish, oʻrnatish, modernizatsiya qilish/tiklash, sinovdan oʻtkazish va foydalanishga topshirish ishlariga asoslanishi lozim.
Yuqorida koʻrsatilgan yoki soʻnggi oʻn (10) yil ichida bajarilgan boshqa shartnomalar boʻyicha quyidagi asosiy ish turlarini bajarishda minimal tajriba talab etiladi:
1. Kamida bitta 220 kV yoki undan yuqori kuchlanishli podstansiyani modernizatsiya qilish boʻyicha batafsil muhandislik loyihasini tayyorlash.
2. 220 kV yoki undan yuqori kuchlanishli podstansiya uchun asosiy uskunalarni: avtotransformatorlar, oʻlchov transformatorlari, rele himoyasi va avtomatika qurilmalari, uzgichlar va ajratgichlarni yetkazib berish va montaj qilish.
3. Har birining kuchlanishi kamida 220 kV va quvvati kamida 200 MVA boʻlgan kamida oʻnta (10) transformator birligini yetkazib berish va montaj qilish.
4. 220 kV yoki undan yuqori kuchlanishli podstansiya uchun rele himoyasi qurilmalari, ikkilamchi uskunalar va boshqaruv shkaflarini loyihalash, montaj qilish va foydalanishga topshirish (kamida bitta podstansiya uchun).
5. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli podstansiyalar uchun yuqori chastotali uskunalar va avariyaga qarshi avtomatika qurilmalarini loyihalash, montaj qilish va foydalanishga topshirish (kamida bitta podstansiya uchun).
Moliyaviy talablar:
· Soʻnggi besh (5) yil (2021–2025-yillar) uchun auditdan oʻtkazilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish yoki, agar Tender ishtirokchisi mamlakati qonunchiligiga koʻra audit oʻtkazish talab etilmasa, Tender ishtirokchisining hozirgi barqaror moliyaviy ahvolini va istiqboldagi uzoq muddatli rentabelligini tasdiqlovchi, Buyurtmachi uchun maqbul boʻlgan boshqa moliyaviy hisobotlarni taqdim etish.
· Elektr energetikasi sohasidagi minimal oʻrtacha yillik aylanma — 28 000 000,00 (yigirma sakkiz million) AQSH dollari boʻlib, u soʻnggi uch (3) yil (2023–2025-yillar) davomida bajarilayotgan yoki yakunlangan shartnomalar boʻyicha olingan tasdiqlangan toʻlovlarning umumiy summasi sifatida hisoblanadi.
· Quyidagilarni qoplash uchun likvid aktivlar, garov bilan band boʻlmagan moddiy aktivlar, kredit liniyalari va boshqa moliyaviy vositalar kabi moliyaviy resurslarning mavjudligi yoki ulardan foydalanish imkoniyati (shartnomalar boʻyicha har qanday avans toʻlovlari bundan mustasno):
(i) 5 600 000,00 (besh million olti yuz ming) AQSH dollari miqdoridagi pul oqimiga boʻlgan talablarni; va
(ii) ushbu shartnoma boʻyicha umumiy pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojlarni hamda joriy majburiyatlarni
Ekologik va ijtimoiy masalalarni boshqarish tajribasi:
Bosh pudratchi, qoʻshma korxona aʼzosi yoki subpudratchi sifatida 2021-yil 1-yanvardan takliflar taqdim etish muddatigacha boʻlgan davrda quyidagi yoʻnalishlarda ish tajribasi:
1. Ekologik va ijtimoiy xavflar hamda taʼsirlarni baholash va boshqarish.
2. Mehnat munosabatlari va mehnat sharoitlari.
3. Tender takliflar taqdim etish uchun soʻrov (RFB)dan foydalangan holda, Jahon bankining “IPF qarz oluvchilari uchun xaridlar qoidalari”ga (2025-yil, sentabr) muvofiq xalqaro raqobatli xarid tartibida oʻtkaziladi hamda Xaridlar qoidalarida belgilangan barcha muvofiq ishtirokchilar uchun ochiqdir.
4. Manfaatdor ishtirokchilar qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga, LAOG menejeri — Ismoiljon Abdugʻaniyevga (pmu.modernization@gmail.com) murojaat qilishlari hamda tender hujjatlari bilan ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha quyida koʻrsatilgan manzilda tanishishlari mumkin.
5. Takliflarni baholash tender hujjatlarida koʻrsatilgan tartib-taomillarga muvofiq oʻtkaziladi. Vaznli mezonlar (texnik va notexnik omillarni oʻz ichiga olgan holda) uchun solishtirma vazn — 50%, narx uchun — 50%.
6. Ingliz tilidagi tender hujjatlarini manfaatdor ishtirokchilar quyidagi manzilga elektron pochta orqali ariza yuborganlaridan soʻng olishlari mumkin: pmu.modernization@gmail.com. Hujjat arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
7. Takliflar quyida koʻrsatilgan manzilga 2026-yil 4-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 gacha yetkazib berilishi kerak. Takliflarni elektron shaklda taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatilgan muddatdan kech taqdim etilgan takliflar koʻrib chiqilmaydi. “ASL TAKLIF” deb belgilangan tashqi konvertlar va “TEXNIK QISM” deb belgilangan ichki konvertlar ishtirokchilarning vakolatli vakillari va barcha xohlovchilar ishtirokida quyida koʻrsatilgan manzilda 2026-yil 4-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da omma oldida ochiladi. “MOLIYAVIY QISM” deb belgilangan barcha konvertlar muhrlangan holda qoladi va takliflarning ikkinchi ochiq (ommaviy) ochilishigacha Buyurtmachining seyfida saqlanadi.
8. Barcha takliflar bank kafolati (Bid Security) bilan birga taqdim etilishi kerak; kafolat summasi — 280 000,00 (ikki yuz sakson ming) AQSH dollari.
9. Gʻolib deb topilgan ishtirokchining benefitsiar mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma berish toʻgʻrisidagi bildirishnoma doirasida, tender hujjatlariga kiritilgan benefitsiar mulkchilikni oshkor qilish shaklidan foydalangan holda oshkor etish yuzasidan Xaridlar qoidalarining talabiga eʼtiboringizni qaratamiz.
10. Takliflar taqdim etiladigan manzil:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
Oʻzbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 42-uy
4-qavat, 401-xona
Tel.: +998 71 236 66 28
E-mail: pmu.modernization@gmail.com
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati