
Yozning jazirama kunlarida elektr uzatish tarmoqlari yuqori harorat va ortib borayotgan yuklama sharoitida ishlaydi.
Bunday omillar ayrim hollarda elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
♦ Tashqi havo haroratining yuqori bo‘lishi simlarning qizishiga olib keladi;
♦ elektr iste’molining ortishi natijasida tarmoqlarda yuklama ko‘payadi;
♦ simlarning termik cho‘zilishi ularning osilish darajasini oshirishi mumkin;
♦ izolyatorlar, mahkamlagichlar va boshqa konstruktiv elementlardagi nosozliklar avariya xavfini kuchaytiradi.
Bunday holatlarda elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelishi va ayrim iste’molchilarning elektr ta’minoti vaqtincha cheklanishi mumkin.
♦ Nosozlik aniqlangach, avariya-ta’mirlash brigadalari tomonidan zarur tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20452
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati