2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG'ONA VILOYATI: Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikdagi texnik o‘quv mashg‘ulotlari
  • 13.07.2026
  • 33

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida filialning tezkor xodimlari, podstansiya navbatchi muhandislari va elektromontyorlari ishtirokida navbatdagi texnik o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
 

► Mashg‘ulotlarda elektr uskunalaridan xavfsiz foydalanish, tezkor harakatlar hamda podstansiyalarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xodimlar VR-trenajyorlar yordamida podstansiyadagi 6–10 kV kompleks tashqi taqsimlash qurilmasi (KRUN) bo'linmalarini ta’mirga chiqarish va ish joyini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashqlarni bajarishdi.

► O‘quv jarayonida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy malakasini oshirish va ishlab chiqarish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



✅ Bunday texnik o‘qishlar xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirish, elektr tarmoqlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya etilishiga xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling 

https://t.me/FargonaMET_Axborot