2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: Rejali ta'mirlash ishlari davom etmoqda
  • 13.07.2026
  • 3

"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "Gulcha" podstansiyasining 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasidagi aylanma (zaxira) o'chirgichda rejali joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

Ta'mirlash jarayonida uskunaning tayanch izolyatorlari, kontakt birikmalari va tok o'tkazuvchi qismlari texnik ko'rikdan o'tkazilib, zarur profilaktik hamda sozlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Mazkur tadbirlar elektr uzatish uskunalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta'minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining

rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot