

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan elektr ta'minoti barqarorligini saqlash, yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan avariyaviy holatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Filial hududidagi barcha muhim energetika obyektlarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan, tezkor-avariya brigadalari zarur avtotransport va texnika bilan ta'minlangan holda shay holatga keltirilgan.
► Shuningdek, yoz mavsumini betalafot о‘tkazish maqsadida uskunalar holati muntazam texnik nazoratdan о‘tkazilmoqda, zarur zaxira jihoz va materiallar tayyorlab qо‘yilgan.
► Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda uzluksiz ish rejimini ta'minlash, avariya-ta'mirlash brigadalarining doimiy shayligini saqlash hamda rejali ta'mirlash ishlarini jadallashtirish — bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
► Filial xodimlari jazirama issiqqa qaramay, iste'molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish yо‘lida fidokorona mehnat qilishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI