

Avval xabar berganimizdek, 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
► Ayni vaqtda mutaxassislar tun bo‘yi uzluksiz mehnat qilib, ishlarni sifatli va imkon qadar qisqa muddatda yakunlash uchun xizmat olib bormoqda.
⇒ Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar kelgusida elektr ta’minoti ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
! Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI