2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Jazirama kunlarda ham elektr ta'minoti barqarorligi — doimiy nazoratda!
  • 15.07.2026
  • 8

☀️ Respublikamiz bo‘ylab, jumladan Xorazm viloyatida ham yozning eng issiq kunlari kuzatilmoqda. Havo haroratining keskin ko‘tarilishi elektr energiyasiga bo‘lgan talabni oshirib, elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlarga tushayotgan yuklamani sezilarli darajada kuchaytirmoqda.

 "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Zarur zaxira uskunalari va materiallar oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot