

⚡️ "Dolzarb 60 kun" tadbiri doirasida 5-iyuldan 5-sentabrgacha jazirama ob-havo sharoitida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
► Mazkur tadbir doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya boshqarmasi hamda O‘rmon xo'jaligi inspeksiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda filial tasarrufidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish xavo tarmoqlari o‘tgan o‘rmon xo‘jaligi hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
♦ O‘rganish davomida yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari tayanchlarining texnik holati, elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalari, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda yong‘in xavfini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillar joyida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, o‘rmon hududlarida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling