
E‘LON
Havo haroratining keskin ko‘tarilishi va elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamaning ortishi natijasida, soat 14:30 holatiga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.
Buning oqibatida Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8 250 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotida rejali va rejadan tashqari o‘chishlar haqida har bir tuman elektr ta’minoti korxonasii (ETK) tomonidan tashkil etilgan telegram guruhlarda e’lonlar berib borilmoqda.
Xususan, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Sergeli ETK kabi telegram guruhlari orqali muntazam ravishda ma’lumot berib borilyapti.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hokimliklari tomonidan tashkil qilingan telegram guruhlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20501
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati