

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” tadbiri o‘tkazildi. Unda Jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi To‘xtashev Orif Abdumajidovich ishtirok etdi.
Muloqot davomida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar, yoshlarning yurt taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, energetika sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Tadbir yakunida faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati