2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: TRANSFORMATOR O'RNATISH ISHLARI YAKUNLANDI
  • 20.07.2026
  • 15

Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi 110/10/6 kV kuchlanishli "Sohil" podstansiyasida quvvati 6300 kVA bo'lgan T-2 kuch transformatorini 10000 kVA quvvatli transformatorini almashtirish bo'yicha ishlar 2026-yil 20-iyul kuni soat 12:18 da to'liq yakunlandi.

⚡️ Barcha ko'rsatilgan hududlar Uzumzor, Pistakent, Haramjo'y, Qo'rg'oncha, Xudoyzot, Roguzar, Chaqar, Charmgar va Nasaf MFYlari — elektr energiyasi bilan to'liq va barqaror ta'minlandi.

Endilikda yangi, yuqori quvvatli transformator jazirama yoz issiqligida ham, kuz-qish mavsumida ortib boradigan yuklama sharoitida ham iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi.

Ayrim texnik sabablarga ko'ra, o'rnatish ishlari dastlab belgilangan muddatda emas, biroz kechikib yakunlanganligi uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI 

https://t.me/QashqadaryoMET