

Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov jazirama issiq kunlarda elektr ta'minotining barqarorligini ta'minlash maqsadida "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
⚙️ Hokim tarmoq xodimlaridan joriy ta'mirlash-tiklash ishlarining borishi, jihozlarning texnik holati va yozgi yuklama sharoitida uzluksiz elektr ta'minotini ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'radilar. Shuningdek, aholi va tashkilotlarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash borasidagi ishlarni yanada jonlantirish zarurligini ta'kidladilar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI