

⚡️ Elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror faoliyatini taʼminlash maqsadida 220, 110 hamda 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida rejali joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Taʼmirlash jarayonida havo elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, tayanchlar, izolyatorlar, simlar va liniya armaturalarining sozligi tekshirilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, tarmoqlarning ishonchli ishlashini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar bajarilmoqda.
Mazkur ishlar elektr uzatish tarmoqlarining barqaror va xavfsiz faoliyatini taʼminlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda elektr energetikasi tizimining ishonchli ishlashini mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xiziati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali
telegram kanaliga obuna bo‘ling!