

Yozning jazirama kunlarida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib, elektr tarmoqlari va uskunalarga tushadigan yuklama sezilarli darajada oshadi. Shunday sharoitda ham "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari elektr ta’minotining barqaror ishlashini ta’minlash yo‘lida mehnat qilmoqda.
Ana shunday ishlar doirasida filial tasarrufidagi Xovos tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Gulbahor" podstansiyasining quvvati 2 500 kVA bo‘lgan T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar elektr uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI