

"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli "Angor" podstansiyasida elektr ta'minotining ishonchliligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadida KRUN-10-2 dagi F-10 10 kV chiqish fiderining tok transformatori almashtirilib, releli himoya va avtomatika (RH va A) qurilmalari sinov hamda tekshiruvdan o'tkazildi.
Mazkur ishlar 29-sonli topshiriq-ijozatnoma asosida belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda. Tok transformatorlari va releli himoya qurilmalarini tekshirish elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta'minlashdagi muhim profilaktik tadbirlardan biridir.
Fidoyi energetiklarimizning mas'uliyatli mehnati tufayli iste'molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish yo'lida zarur texnik ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yangilikni kuzating: http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot