2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya hamda uzunligi 2,1 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli liniya foydalanishga topshirildi
  • 25.07.2026
  • 23

110/35/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya hamda uzunligi 2,1 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli liniya foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyati, Tayloq tumani, «Yangi O‘zbekiston» massividagi ko’pqavatli uylar hamda tuman markazi aholisini barcharor elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 2,1 km bo‘lgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tortish hamda 2x16 MVA quvvatli podstansiyani qurish loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

110/35/10 kV kuchlanishli yangi “Tayloq” podstansiyasi va yangi liniyaga 72 soat davom etgan sinov ishlaridan so‘ng ishga tushirilib, elektr energetika umumtarmog‘iga ulandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi «Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhiti hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-407-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosat yig‘ilishining 2025-yil 2-iyuldagi 78-son bayoni asosida amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati