
Bugun soat 01:46 da “Xorazm” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Xorazm liniyasi himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.
Natijada Gurlan va Shovot tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ham ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 02:21 da nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Navbatchi brigada aʼzolari o‘chish sababini aniqladi

Hurmatli isteʼmolchilar, avval xabar berganimizdek, bugun soat 01:46 da “Xorazm” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Xorazm liniyasi himoya tizimidan o‘chgan edi.
Natijada Gurlan va Shovot tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgandi.
SABABI: Aniqlanishicha, liniyaning 5–6-tayanch ustunlari oralig‘ida yo‘l qurilishi maxsus transport vositasi tomonida yuk tushirish jaryonida tarmoqning “A” fazasiga ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashishi tufayli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
Qisqa tutashuv izlari simda, asfalt qoplamasi hamda avtotransport vositasida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, soat 02:21 da nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
❗️ Eʼtiborli bo‘ling!
► O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son"Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroridan:
2-bob, 15-band: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;
g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;
d) axlatxonalarni joylashtirish;
e) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
3-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish
13. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.
14. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
⚡️ 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;
⚡️ 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;
⚡️ 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;
⚡️ 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati