
BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga MOLIYA BO‘YICHA MUTAXASSIS lavozimi.
Ta’lim:
Moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit yoki tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumot.
❗️ Talablar:
▪️Loyiha budjeti, moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar nazorati bo‘yicha tajriba;
▪️Xalqaro moliya institutlari, xususan OTB loyihalarining moliyaviy tartib-taomillarini bilish;
▪️To‘lov hujjatlari, hisob-fakturalar va bajarilgan ishlar dalolatnomalarini tekshirish ko‘nikmasi;
▪️Moliyaviy hisobotlar, pul oqimi prognozlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
▪️MSFO/IFRS, soliq, bojxona va valyuta operatsiyalari bo‘yicha tushuncha;
▪️Moliyaviy risklarni baholash va audit jarayonlarida ishtirok etish tajribasi.
Ko‘nikmalar:
▪️Tahliliy fikrlash va tizimli yondashuv;
▪️Mas’uliyatlilik va aniqlik;
▪️Jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish;
▪️Katta hajmdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash.
Texnik bilimlar:
1C , CPD, LFIS, Excel, Word va PowerPoint dasturlarini mukammal bilish.
Chet tillari: Ingliz va rus tillarini mukammal bilish.
Tajriba: Moliya yoki xalqaro loyihalarni moliyaviy boshqarish yo‘nalishida kamida 1–3 yillik ish tajribasi.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
Murojaat uchun: 71-236-6615.
⇒ Onlayn rezyume
✍️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati