

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoqilg‘i-energetika sohasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, yo‘qotishlarni kamaytirish va tarmoqlar samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Namangan viloyatida amaliy ishlar izchil olib borilmoqda. Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida "Milliy elektr tarmoqlari" AJ Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasi faoliyati hamda ushbu podstansiyaning elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlari hamda zamonaviy boshqaruv tizimi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, 2026-yilda energiya tejamkorligini oshirish, texnik yo‘qotishlarni qisqartirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar taqdimoti namoyish etildi.
Mazkur loyihalar aholi va tadbirkorlarni barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Manba: https://t.me/davlatobodhokimligi/136932
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati
► “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!