2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 29.07.2026
  • 38

Bugun, 2026-yil 29-iyul kuni Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B.X.Murodov fuqarolar murojaati uchun ajratilgan ofis xonasida fuqarolar murojaati yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida Energotizim va elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish departametni mutaxassislari hamda Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Olimpiya” MFY dan tashrif buyurgan fuqaro M.M.Turdiyeva turarjoy maydonidan o‘tgan 35 kVt kuchlanishli elektr tarmoqlarini boshqa joyga ko‘chirish masalasi bilan murojaat qilgan. Murojaatchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son "Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori talablari tushuntirilib, murojaat amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi tushuntirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati