

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi rahbarligida podstansiyalar tezkor xodimlari uchun texnik uqish tashkil etildi.
Uqish davomida quyidagi masalalar bo'yicha bilim va ko'nikmalar mustahkamlandi:
♦ Podstansiyalarning bo'linish chegaralari;
♦ Podstansiyalarning me'yoriy sxemalari;
♦ Rele himoyasi va avtomatika ishlash prinsiplari;
♦ Yuqori dispetcherlik boshqaruvi va tasarrufidagi elektr qurilmalari.
Bunday tadbirlar tezkor xodimlarning malaka darajasini oshirish, ish jarayonida operativlik va aniqlikni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
• AXBOROT XIZMAT