
⚠️ DIQQAT E’LON!!!
Bugun, soat 18:55 da “Vistavochnaya” podstansiyasida V-T-1-6 kV qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sababli T-1 kuch transformatori favqulodda o‘chdi.
Natijada, poytaxtning Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hudud iste’molchilarning elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlik sabablarini aniqlash va elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha tezkor avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
⚠️ Elektr ta’minotidagi uzilish tuproq o’pirilishi bilan bog’liqligi aniqlandi
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 18:55 da “Vistavochnaya” podstansiyasida V-T-1-6 kV qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli favqulodda o’chish sodir bo’lgan edi..
Dastlabki ma’lumotga ko’ra, podstansiyadagi nosozlikka Olmazor tumanidagi “Orzu” MFY hududidan o’tgan L-Shkolnaya-1 va L-Shkolnaya-2 kalbel tarmog’i kotlavan qazishdagi ehtiyotsizlik tufayli tuproq ko’chichishi hodisasi bilan bog’liq.
Ayni paytda mutaxassislar nosozlikni bartaraf etib, elektr ta’minotini tiklash choralarini ko’rishmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Podstansiyadagi nosozlik bartaraf etilib, elektr qurilmalariga kuchlanish berildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI