2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: DOLZARB 40 KUNLIK DOIRASIDA XAVFSIZLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
  • 01.08.2026
  • 33

Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan aholi turar joylari hamda tadbirkorlik subyektlariga yaqin hududlarda joylashgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xatlov ishlari davomida muhofaza zonalaridagi noqonuniy qurilmalar, xavf tug‘diruvchi omillar hamda amaldagi xavfsizlik talablariga zid holatlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining taklif hamda murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ XAVFSIZLIK — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI