

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli “Xo'jayli-2” podstansiyasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida reja asosida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. Ishlar davomida elektr qurilmalari ko‘zdan kechirilib, T-1-2-35 kV kuch transformatorlarining kiritkich qisimlarida qizishlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirlar tarmoqning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!