2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yangiyo‘l tumanidagi yangi elektr tarmog‘i qurilish-montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
  • 03.08.2026
  • 13

Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 2-avgust kuni Yangiyo‘l tumanida yangi qurilayotgan 110 kV kuchlanishli havo tarmog‘i qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan, xavfsiz mehnat sharoiti yaratish uchun, iste’molchilar vaqtinchalik tarmoqdan uzib turilgan edi.

Qurilish-montaj ishlari 08:00 dan 12:00 gacha belgilangan edi, ayrim texnik va tashkiliy sabablarga koʻra ta’mirlash ishlari 09:00 dan soat 15:00 gacha davom ettirildi.

✅ Rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlari haqidagi ogohlantirish e’lonlari mahallaiy hokimiyat hamda taqsimlovchi tarmoq korxonalari orqali ham ma’lum qilingan edi. Shunga qaramay, rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlaridan bexabar qolgan iste’molchilardan haqli e’tirozlar bo‘ldi.

✍️ RASMIY IZOH: «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 110 kV kuchlanishli L-19–23 elektr uzatish havo tarmog‘ining modernizatsiya dasturi doirasida «O‘zqishloqelektr qurilish» AJ tomonidan 4- va 5-sonli tayanch ustunlari oralig‘ida 110 kV kuchlanishli L-Yangiyo‘l-1 va L-Yangiyo‘l-2 liniyasi bilan kesishmani meʼyoriga keltirish ishlari bajarildi.

Shuningdek, 110 kV kuchlanishli L-Yangiyo‘l-1 va L-Yangiyo‘l-2 elektr tarmog‘iga yangi o‘rnatilgan tayanchga mavjud simlarni montaj qilish ishlari bajarildi.

✔️ Mazkur texnik-muhandislik tadbiri Toshkent viloyati, jumladan Yangiyo‘l tumani isteʼmolchilari elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

https://t.me/yangiyul_tuman/44650 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI