2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 6 kV kuchlanishli kabel tarmog‘idagi nosozlik tiklanib, taqsimlash qurilmasiga kuchlanish berildi
  • 04.08.2026
  • 28

Bugun soat 21:40 da Toshkent shahridagi “Vistavochnaya” podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli kabel tarmog‘ida shikastlanish bo‘lganligi sababli taqsimlash qurilmasi kuchlanishsiz qoldi.

Natijada Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim mahallalari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 22:25  da 6 kV kuchlanishli kabel tarmog‘idagi nosozlik tiklanib, taqsimlash qurilmasiga kuchlanish berildi. 

Ayni paytda mutaxassislar taqsimlovchi tarmoqqa navbati bilan kuchlanish berib, isteʼmolchilar elektr taʼminotini tiklash ishlarini olib borishmoqda.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI