2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi texnik o‘qitish mashg‘uloti tashkil etildi
  • 04.08.2026
  • 10

Mashg‘ulot davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi: Tashkiliy tadbirlar; Ishlarni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslar, ularning huquq va majburiyatlari; Texnik chora-tadbirlar; Texnik ekspluatatsiyani tashkil etish; Texnik hujjatlar; Energetika tashkilotlarida yong‘in xavfsizligining asosiy talablari; Hududlar, binolar, inshootlar va xonalarni saqlash.

Mashg‘ulot davomida xodimlarga xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bunday texnik o‘qitishlar xodimlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI