2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Hududlarda elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish ishlari jadal davom etmoqda
  • 04.08.2026
  • 16

Prezidentimiz raisligida yoqilg‘i-energetika sohasining ustuvor vazifalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati hokimligi, prokuratura organlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, transformator punktlarini ta’mirlash, elektr tarmoqlarini tartibga keltirish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, ASKUE tizimi faoliyatini takomillashtirish hamda elektr energiyasi iste’molini onlayn nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 

 

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali