

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tarkibidagi energetika obyektlarida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining ma’muriy binolari Ona Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik tantanalariga mos ravishda bezatilib, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostidagi bayram dasturlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, 6-sentabrga qadar respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aksiyadorlik jamiyati magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan ham “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasoda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 28-iyulidan 6-sentyabriga qadar respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati