2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat asosida ishga taklif etadi!
  • 06.08.2026
  • 8

▶️ BO‘SH ISH O‘RNI: Yuridik boshqarma boshlig‘i.

❗️Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yildan kam bo‘lmagan yuridik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va kodekslar, "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonuni, "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son "Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va yuridik xizmat faoliyatiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi; Shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, sudlarda Aksiyadorlik jamiyati manfaatlarini himoya qilish, norma ijodkorligi, korporativ boshqaruv hamda huquqiy xatarlarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi; Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanish tizimlari va Microsoft Office dasturlaridan erkin foydalana olishi; Rahbarlik, tahliliy fikrlash, muzokara olib borish va jamoani boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Davlat tilini mukammal, rus tilini yaxshi bilishi, ingliz tilini bilishi ustunlik beradi; Mas’uliyatli, tashabbuskor, halol va yuqori darajada tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.
⇒ Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uz;  

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati