2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi o‘chish sababi maʼlum bo‘ldi
  • 08.08.2026
  • 40

Bugun soat 11:45 da Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qarshi” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Unkombinat elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Natijada mazkur energetika obyektidan taʼminlangan isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Qo‘ng‘irtog‘” podstansiyasi orqali taʼminlangan isteʼmolchidar zaxira manba orqali taʼminlandi. Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugun soat 11:45 da Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qarshi” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Unkombinat elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan edi.

Natijada mazkur elektr tarmog‘idan taʼminlangan isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Maʼlum bo‘lishicha, liniyaning 18—19-sonli tayanch ustunlari orlig‘ida qurilish tashkiloti avtokrani elektr tarmog‘iga ruxsat berilmagan masofaga yaqinlashgani tufayli qisqa tutashuv sodir bo‘lib, “S” faza shleyfi uzilgan.

Soat 14:50 da 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi taʼmirlash-tiklash ishlari yakunlanib, tarmoqqa kuchlanish berildi.

Eslatib o‘tamiz, nosozlik sodir bo‘lgan paytda "Qo‘ng‘irtog‘” podstansiyasi orqali taʼminlangan isteʼmolchilar zaxira manba orqali taʼminlangan edi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.