

Respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar doirasida Namangan viloyati ham namunali hudud sifatida tanlab olindi. Belgilangan mahallalarda elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini yanada oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Nazirov hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali direktori Dilmurod Mamajanov birgalikda joylardagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirishmoqda.
Ishchi guruhlar tomonidan, eng avvalo:
- aloqaga chiqmayotgan elektr hisoblagichlarini aniqlash va ularni tartibga keltirish;
- elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish;
- hisoblagichlarga tashqi ta’sir o‘tkazish va ularga noqonuniy aralashuvlar;
- uzoq muddat davomida elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmayotgan iste’molchilar bilan ishlash;
- elektr tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish
kabi ishlar batafsil o‘rganilib, masalalar yechimiga oid topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Manba: https://t.me/namhetk/33407?single