

Avval xabar berganimizdek, “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi Sariosiyo tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Gulcha” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “GU-2” elektr uzatish havo tarmog‘ida belgilangan ishlar yakunlanib, tarmoqqa kuchlanish berildi.
https://t.me/SurxondaryoMET_Axborot/5275
Barcha zarur texnik tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilib, elektr uzatish tarmog‘ining ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlandi.
Mazkur ishlar hududda elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlari ertaga ham davom ettiriladi.
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/58959
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI