
SURXONDARYO VILOYATI: Energetika obyektida obodonlashtirish hamda qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tarkibidagi energetika obyektlarida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi Sariosiyo tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Sharg‘un" podstansiyada obodonlashtirish hamda qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
???? Podstansiya hududi tartibga keltirilib, uning estetik holati yanada yaxshilandi.
???? Elektr qurilmalari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, texnik holati nazorat qilindi.
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI