2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Favqulodda sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 12.08.2026
  • 25

Bugun soat 10:47da Toshkent shahrida joylashgan energetika obyektida sodir bo‘lgan yerlanish tufayli himoya tizimi ishlab, favqulodda L-Botanika-1 va L-Botanika-2 elektr uzatish tarmog‘i hamda “Botanika”, “Ikarus”, “Kabelnaya” (isteʼmolchi tasarrufida) va “Limonariy” (Toshkent viloyati) podstansiyalari kuchlanishsiz qoldi.

Buning oqibatida Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Isteʼmolchilarga zaxira manba orqali elektr quvvati uzatish choralari ko‘rilmoqda. Ayni paytda nosozlik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.



Soat 11:01 da “Botanika” podstansiyasidagi elektr qurilmalariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.

Nosozlik tufayli o‘chgan boshqa hududlardagi isteʼmolchilari elektr taʼminotini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.



Soat 11:20 da L-Botanika-1 va L-Botanika-2 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berildi.

Ayni paytda isteʼmolchilar taʼminlangan taqsimlovchi tarmoqlarning meʼyoriy ish holati navbati bilan tiklanmoqda.


Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.