2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda
  • 12.08.2026
  • 14

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlariga xizmati mutaxassislari tomonidan 35 kV kuchlanishli “L-Qo‘g‘ay” havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida elektr uzatish tarmog‘i to‘liq texnik ko‘zdan kechirildi, mavjud uskunalarning holati atroflicha o‘rganildi hamda ekspluatatsiya davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Amalga oshirilgan texnik tadbirlar natijasida:
▪️ tarmoqning ishonchliligi yanada oshirildi;
▪️ elektr uzatishdagi xavfsiz va uzluksiz ishlash ta’minlandi;
▪️ iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish sifati yaxshilandi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!