2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
DAVLATOBOD TUMANI (SHTAB): Davlatobodda islohotlar ijrosi: elektr ta’minoti tizimidagi ishlar joyida o‘rganildi
  • 13.08.2026
  • 39

Namangan viloyati

Davlatobod tumanida energetika tizimini takomillashtirish bo'yicha berilgan topshiriqlarni izchil amalga oshirish maqsadida Islohotlar shtabi vakili, "Milliy elektr tarmoqlari" AJ va hududiy filial rahbarlari joylarda tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida elektr tarmoqlaridagi texnik va tijoriy yo'qotishlarni kamaytirish, transformator punktlarini yangilash, aqlli hisoblagichlarni joriy qilish hamda fuqarolar murojaatlarini hal qilish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi. Asosiy maqsad — hudud aholisiga barqaror va sifatli elektr ta'minotini ta'minlashdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan energetika tizimini takomillashtirish, elektr ta’minoti sifatini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Davlatobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Hududdagi jarayonlarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Islohotlar shtabi mas’ul vakili Atamurodov To‘lqin To‘ymurodovich, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali direktori Dilmurod Mamajanov birgalikda Davlatobod tumanida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida hudud elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi texnik va tijoriy yo‘qotishlarni kamaytirish, mavjud muammoli nuqtalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, transformator punktlarining texnik holati, ularni ta’mirlash va yangilash ishlari, elektr uzatish tarmoqlarining sozligi, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, iste’molchilarda o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarini aloqa tizimiga chiqarish, masofadan monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirish, aloqa o‘rnatilmagan yoki texnik nosoz hisoblagichlarni aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish jarayonlari ham ko‘rib chiqildi.

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANALI https://t.me/namhetk/33520